Avvalo asosiy narsa: to'lovingiz yo'qolmaydi. Har bir tranzaksiya raqam bilan qayd etiladi va kuzatiladi.
Eng ko'p uchraydigan sabablar
- Username xato kiritilgan — bitta harf yetishmaydi yoki ortiqcha. Eng ko'p uchraydigan sabab.
- Username yaqinda o'zgartirilgan — eski nomni ko'rsatgan bo'lsangiz, tizim uni topa olmaydi.
- Username umuman yo'q — profilda username o'rnatilmagan.
- To'lov tizimida qisqa kechikish — kamdan-kam, lekin bo'ladi (odatda 1–2 daqiqa).
Qadamlar tartibi
1-qadam. Telegram → Sozlamalar → Username bo'limiga kiring va nomingizni buyurtmadagi bilan belgima-belgi solishtiring.
2-qadam. To'lov chekini saqlab qo'ying:
- Click'da: ilova → Tarix → tranzaksiya → tafsilotlar;
- Payme'da: ilova → Tarix → to'lov → chek;
- kartadan to'lagan bo'lsangiz: bankdan kelgan SMS.
3-qadam. @StarsPaymeeSupport'ga yozing va quyidagilarni ko'rsating:
- username (aniq yozilishi bilan);
- to'lov vaqti (soat va daqiqa);
- to'lov usuli va summasi;
- tranzaksiya raqami yoki chek skrinshoti.
Nima qilmaslik kerak
- Panik qilmang va bir xil to'lovni qayta-qayta amalga oshirmang — ikki marta to'lash muammoni ikki barobar oshiradi.
- Kod bermang. Support hech qachon SMS-kod so'ramaydi. Kod so'ragan odam — support emas. Firibgarlik belgilari
- Chekni o'chirmang — muammoni hal qilishning eng tez yo'li shu.
Premium keldi, lekin funksiyalar ishlamayaptimi?
Telegram ilovasini to'liq yopib qayta oching yoki chiqib-kiring. Ba'zan ilova statusni bir necha daqiqada yangilaydi. Agar shundan keyin ham ishlamasa — support'ga yozing.
Yetkazish vaqti me'yorlari: Premium qancha vaqtda faollashadi.
Telegram Premiumni ulang
Muddat va username tanlang. Yakuniy narx, mavjud to‘lov usullari va yetkazish sharti botda ko‘rsatiladi.