Bozor narxidan keskin past taklifga duch kelsangiz, to'xtab bir daqiqa o'ylang. Quyida sabablar matematikasi.
Premium'ning tannarxi
Har bir obuna quyidagi xarajatlardan iborat:
- Telegram yoki Fragment'dan olish narxi (asosiy qism);
- to'lov tizimi komissiyasi (Click, Payme — har tranzaksiyadan foiz);
- server va avtomatika xarajatlari;
- support xodimlari;
- soliq va yuridik xarajatlar.
Bu xarajatlar yig'indisi pol hosil qiladi. Halol xizmat undan past sota olmaydi — chunki har bir sotuvda zarar ko'radi.
Demak, arzon narx ortida nima turadi?
1. Umuman hech narsa bermaslik. Eng oddiy sxema: bir necha kun ishlaydi, pul yig'adi, keyin akkaunt o'chiriladi.
2. "Kulrang" obuna. O'g'irlangan karta yoki buzilgan akkauntlar orqali olingan Premium. U bir-ikki hafta ishlaydi, keyin Telegram tranzaksiyani bekor qiladi va obuna o'chadi. Pul qaytmaydi.
3. Akkauntni egallash rejasi. Arzon narx — bu shunchaki jalb qilish uchun yem. Asosiy maqsad — kodingizni olish. Batafsil
Sog'lom belgilarni tanish
| Sog'lom | Shubhali |
|---|---|
| Narx bozor darajasida | 2–3 barobar past |
| To'lov Click/Payme orqali | shaxsiy kartaga o'tkazma |
| Faqat username so'raladi | kod yoki parol so'raladi |
| Narxlar saytda ochiq | "shaxsiyga yozing" |
| Support tez javob beradi | javob yo'q yoki kechikadi |
| Kafolat va tranzaksiya raqami bor | hech qanday iz yo'q |
Haqiqiy tejash qayerda?
Chegirma izlash o'rniga uzoq muddatli paketni tanlang: 12 oylikda oylik narx 57 000 dan 35 000 so'mga tushadi — bu 38% lik doimiy va xavfsiz "chegirma". Ustiga referal bonuslar.
Telegram Premiumni ulang
Muddat va username tanlang. Yakuniy narx, mavjud to‘lov usullari va yetkazish sharti botda ko‘rsatiladi.